

NASAF MEGASTROY — 2016-yil 11-yanvarda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan muhandislik-qurilish kompaniyasi.
Mijozlar va hamkorlar uchun kompleks, xavfsiz va yuqori sifatli qurilish yechimlarini taqdim etish, loyihalarni kelishilgan muddatlarda va texnik talablarga to‘liq muvofiq bajarish.
Xalqaro sifat standartlariga muvofiqlik
Xavfsizlikka yo‘naltirilgan ishlab chiqarish madaniyati
Loyiha jadvali va shartnoma muddatlariga qat’iy rioya qilish
Mijozlar bilan uzoq muddatli, ishonchga asoslangan hamkorlik
Tashkil topgan yili, Qashqadaryo
2025-yil sof tushum, so‘m
Omborxona maydoni, 9 000 m³ hajm
Sifat, ekologiya va mehnat xavfsizligi
Barcha ishlar texnik hisob-kitoblar, geodezik o‘lchovlar va obyektning ekspluatatsiya sharoitlarini inobatga olgan holda bajariladi. Murakkab gidrogeologik sharoitlarda yer osti suvlari, namlik rejimi va landshaft xususiyatlari hisobga olinadi — bu yondashuv Issiqko‘l sohilidagi Boston Resort loyihasida qo‘llanilgan.

Texnika va maxsus uskunalar parki ishlarni uchinchi tomonlarsiz, rejalashtirilgan grafik asosida bajarish imkonini beradi.
| Texnika | Model | Vazifasi |
|---|---|---|
| Vibratsion katok | XCMG XMR403 | Tuproq va asfaltni zichlash |
| Old g‘ildirakli yuklagich | XCMG XC938 | Materiallarni ko‘tarish, yuklash |
| Yuk mashinasi | HOWO ZZ3257N3847A, 25 t | Yirik hajmli materiallarni tashish |
| Ekskavator | 162 NA 70 | Qazish ishlari, transheyalar |
| Beton nasosi | SANY | Beton quyish va joylashtirish |
| Yengil avtomobillar | Damas-2, KIA Bongo | Maydon logistikasi va nazorat |
| Texnika | Model | Vazifasi |
|---|---|---|
| Maysa o‘rish mashinasi | John Deere 2653B | Maysani o‘rish va parvarish |
| Vakuumli tozalash mashinasi | Toro Trilo S3 | Maydonni vakuum bilan tozalash |
| Kompakt traktor | Kioti DK 6030 | Servis ishlari, agregatlarni tortish |
| Aerator | Redexim Verti-Drain 7215 | Maysani aeratsiya qilish |
| Urug‘ sepkich | Speed Seed 1100 | Urug‘ sepish, maysani yangilash |
| O‘g‘it sepish moslamalari | Rink 1210, ICL AccuPro 2000 | O‘g‘itni aniq me’yorda sepish |
| Chiziq belgilagich | Mexanik, rulonli | Futbol maydoni chiziqlarini belgilash |

Kiruvchi nazorat, jarayon davomida bosqichma-bosqich tekshiruv, tizimlarni sinovdan o‘tkazish va topshirishdan oldingi kompleks tekshiruv.
Sifat menejmenti tizimi
QMS No. 00001041Ekologik menejment tizimi
EMS No. 00001041Mehnat muhofazasi va xavfsizlik
OHSMS No. 00001041Muvofiqlik sertifikati, 2027-yilgacha
UZ.SMT.04.0024.00001041Loyihalarni O‘zbekiston bo‘ylab, buyurtmachi talabiga ko‘ra MDH mamlakatlari hududida ham bajaramiz.
Kafolat: barcha qurilish va muhandislik ishlari kafolatlanadi, topshirilgan obyektlarga texnik yordam ko‘rsatiladi.
















